kuch
bilan ulashing
1. Odam va jonivorlarning oʻz muskullarini ishlatib, jismoniy harakat qilish qobiliyati; jismoniy energiya; quvvat.
-
Jismoniy kuch. Muskul kuchi. Esing borida el tani, kuching borida yer tani. Maqol
-
Bola kuchi yetsa, chelak sudrab, yetmasa, koʻra koʻtarib, sahnga suv separ edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Kimning bilagida kuchi boʻlsa, kim ishning havosini olsa oʻsha ilgʻor boʻlaveradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Mehnat qilish, yaratish, yuzaga keltirish qobiliyati, ish-mehnat.
-
Bir parcha kuygan qora non uchun Yoshlik chogʻingdan oʻz kuching sotib. Hamza
-
[Boylar] koʻklamgacha yuvindi bilan boqadi, olti oy yoz tekinga ishlatadi. Odamning kuchi eshak kuchidin past bahoga tushadi ularga! Oybek, Tanlangan asarlar
3. Maʼnaviy, aqliy va ruhiy quvvat.
-
Aqliy kuch.
-
Haydar ota kampirning iroda kuchiga ishonmas, shuning uchun hozir Asror-qulning unga roʻpara boʻlishini istamas edi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Uni toʻxtatib qolishga hech qanday andishaning, hech qanday sevgi va hurmatning kuchi yetmas edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
4. fizika Jismlarning oʻzaro mexanik taʼsir etish qobiliyati va uning oʻlchovi.
-
Markazdan qochma kuch. Kuch birligi.
-
Tortish kuchi yoki, boshqacha aytganda, gravitatsiyaning nima ekani hozircha biron olimga oshkor emas. Fan va turmush
5. Quvvat, energiya.
-
Elektrostansiyaning kuchi.
6. Taʼsir qilish darajasi; taʼsir.
-
Dorining kuchi.
-
Bu kungi qora sovuq quyosh kuchinida kesgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ochlik oʻz kuchini koʻrsatib, uni holdan toydirgan edi. S. Ahmad, Ufq
-
Bu lahzada aroq Valijonga oʻz kuchini koʻrsatib qoʻygan edi. Guldasta
7. Toʻyimlilik, quvvat berish belgi-xususiyati, koʻrsatkichi.
-
Yerning kuchi. Taomning kuchi.
8. Biror ishni amalga oshira bilish imkoni, imkoniyati; hol-qudrat, qurb.
-
Uning avtomashina sotib olishga ham kuchi yetadi.
-
Hambarali akani sotib olgani kuchingiz yetmasa kerak. Miltiq bilan boʻlmadi, endi pul bilan raxna solmoqchimisizlar? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
9. Biror sohada va umuman ishlab chiqarishda ishlovchi kishilar.
-
Xotin-qizlar — korxonada katta kuch.
-
Bugun Uzbekistonda birinchi marta qurilayotgan metall zavodiga FZOni bitirgan yosh kuchlar keldi. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Koʻchib kelgan zavodlarga qizlarni yubordik: kuchimiz ozayib qoldi, vazifamiz katta, yukimiz ogʻir. I. Rahim, Chin muhabbat
10. Biror ishni amalga oshirishga qaratilgan, biror maqsad uchun foydalaniladigan shaxs yoki narsalar.
-
Dushman desantchilarni dengizga uloqtirib tashlash uchun qoʻshimcha kuch keltirardi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Xuroson taxti uchun isyon koʻtargan Mirzo Yodgor ham shu atrofda kuch toʻplagan edi. Oybek, Navoiy
-
[Biz] Kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan, oʻz kuchimiz bilan, oʻzaro keng muhokama qilish yoʻli bilan bevosita bartaraf qiladigan boʻlib qoldik. A. Qahhor, Nutq
11. asosan koʻplik shaklida) (Harbiy qoʻshilmalar; qoʻshin.
-
Qurolli kuchlar.
-
Tank va motodiviziyalardan yigirma ikkitasi katta havo kuchlarining yordami bilan Kalinin, Oryol, Tulaga qarab bormoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
12. asosan koʻplik shaklida Jamiyatning biror belgi-xususiyati, dunyoqarashi va shu kabilar bilan farqlanuvchi qismi.
-
Reaksion kuchlar. Sinfiy kuchlar munosabati. Qora kuchlar.
13. huquq Qaror, qonun va shu kabilarning qoʻllanishi, amali, joriyligi.
-
Qonun kuchga kirdi. Hukm kuchda qoldi. Qaror kuchini yoʻqotdi.
kuch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kuchdan qolmoq
Yomonning kuchi yapaloqqa yetar
Ot kuchi
Ogʻziga kuchi yetmagan
-
Bilgan u dedi, bilmagan bu. Hatto ogʻziga kuchi yetmagan baʼzi birovlar, yuziga boʻlmasa-da, orqavoratdan notavon koʻngilga qoʻtir jomashov, deb luqma tashlashardi. S. Siyoyev, Rayhon
-
Qoʻying, xafa boʻlmang, xola, bunga yoʻrgakda teggan kasal bu Ogʻziga kuchi yetmagan kishi har narsani gapiraveradi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
KUCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar