kuchan
bilan ulashing
1. Butun kuchi bilan keskin harakat qilmoq, tirishib, chiranib zoʻr bermoq.
-
Yukni kuchanib koʻtarmoq.
-
Homid hanuz qoʻlini boʻshatishga kuchanar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mashina, orqasidan achchiq hidli qoramtir tutun chiqarib, bir kuchandi-da, yelib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Uzun arqonlarni kuchanib torta-torta, kemani sohilga qapishtirdilar. S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma Oʻta mubolagʻa bilan maqtanmoq, chiranmoq.
-
Bu muvaffaqiyatdan chatnayozgan mulla Abdurahmon kuchanganidan kuchanar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Hokim 25 soldatning kuchi oʻziga oʻtib qolgandek kuchana boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
KUCHAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЧАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuchan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar