yumala
bilan ulashing
1. Aylanib, gʻildirab ketmoq; dumalamoq.
-
Gʻoʻla yumalab ketdi.
-
Bir choyshab anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi obrezga tushdi. A. Qahhor, Anor
-
Yusufjon hazil qilib, bolaning qoʻlidagi barabanini tushirib yuborgan edi, bola ham balandlikdan baraban bilan ketma-ket yumalab ketdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
yiqilganda to adirning etagigacha yumalab ketishiga koʻzi yetar edi. A. Qahhor, Maston
2. so‘zlashuv tili Yiqilmoq, qulamoq.
-
Bir oʻq bilan dushman otdan yumaladi.
-
Jangchilarimiz uzoqda dam yumalab, dam turib qochayotgan fashistlarni oʻq bilan qulatib yugurishdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Nihoyat, ikkovimiz baravariga pastga yumalab tushdik. M. Qoriyev, Oydin kechalar
3. so‘zlashuv tili Yerga qulagan, choʻzilgan, agʻnagan holda boʻlmoq.
-
Jangchilarning koʻpi ovqatlanishni ham unutib, qalin pichan ustiga yumalab, uxlab qolishdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Gʻulomjon oʻz yeriga qaytdi. Guvohlar biri qornini quchoqlab, ikkinchisi yer-da behush yumalab yotardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Toʻkilmoq, oqmoq (koʻz yoshi haqida).
-
Ayolning tosh qotgan koʻzlarini qaygʻu teshdi. Yuzlaridan tomchilar yumaladi. Oybek, Quyosh qoraymas
5. poet. Ogʻmoq, botishga yaqinlashmoq (quyosh haqida).
-
Quyosh yumalab ketdi futbol toʻpiday, Lolalarga koʻmildi ufq qopqasi. Gʻ. Gʻulom
yumala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir yumalab
-
Kampir bir yumalab ilonga aylandi. Ertaklar
-
bir yumalab ya na oʻsha doʻsti Otajonovning soyasi-da hozirgi ishlab turgan maktabiga direktor boʻlib tayinlandi. Mushtum
YUMALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮМАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yumala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar