nomus
bilan ulashing
1. Kishining oʻz obroʻyini ulugʻlash va ardoqlash his-tuygʻusi; oriyat, diyonat, vijdon.
-
Nomusini yerga bukmoq. Nomus va gʻayrati bor odam mehnatdan qoʻrqmaydi. Nodon bilan yurma, Nomusingni bukma. Maqol
2. Xijolat tortish his-tuygʻusi; uyat-andisha, sharm, hayo, or.
-
Nomusga qoʻymoq.
-
[Jamila:] Hayo benomusda boʻlmaydi! Hayosizda nomus boʻlmaydi. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Nomus! Nomus er kishini oʻldiradi-ya! Shuhrat, Shinelli yillar
-
[Hayitjon:] Otasi bechora boʻlsa, qancha vaqt el-xalqdan nomus qilganidan, allaqanday shaharlarga badargʻa boʻlib, yaqinda keldi. Hamza, Paranji sirlari
3. Qiz pokligi, bokiralik, iffat, qizlik.
-
Baxtsiz onalarning koʻz yoshlari, bolalarning, qizlarning tahqirlangan nomusi uchun soʻnggi nafasgacha kurashing. Oʻlim, tiz choʻkish yoʻq! Oybek, Quyosh qoraymas
-
Agar it tegmagan boʻlsa, pokman, nomusim joyida desang, kel, beri kel. M. Mansurov, Yombi
nomus soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nomusga tegish
NOMUS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОМУС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nomus so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar