yumaloq
bilan ulashing
1. Shar shakliga oʻxshash, shunga yaqin shaklli; dumaloq.
-
Yumaloq yongʻoq. Yumaloq qand. Yumaloq tarvuz.
-
Undan [eshikdan] yosh bolaning, sochlari tipratikan ignalariday yumaloq boshi koʻrindi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Yumaloqlangan narsa; dumaloq narsa; shar. Qor yumalogʻi.
-
[Bolalar] Qordan kichkina yumaloq yasab, dumalatib-dumalatib, oʻz boʻylaridan baland, katta kurra yasaganlar. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Doira, toʻgarak shaklidagi.
-
Yumaloq stol. Yumaloq maydon.
-
Oysuluv shoshib borib, tokchadan yumaloq oynani oldi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. Juda semiz, baqaloq, girdigʻum (odam haqida).
-
Yoʻlchi oʻzidan bir necha qadam nari-da xoʻmrayib, hammaga razm solgan shop moʻy-lov, yumaloq sariq politsiya boshligʻini koʻrib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Past boʻyli, yapaloq yuzli, gʻoʻladek yumaloq Bozorovning lapanglab yugurishi Normatning koʻziga uzoqdan goʻyo toʻngak dumalagandek boʻlib koʻrindi. I. Rahim, Chin muhabbat
5. Oʻlchov bildiruvchi (numerativ) soʻz vazifasida; dona, pachka.
-
Bir yumaloq pechenye. Uch yumaloq choy.
-
Boʻlmasa, bir yumaloq qand bilan bir piyola choy olib chiqing. A. Qahhor, Sarob
-
Hayot yerga qarab oʻtirgan edi, sekin yuzini koʻtardi, koʻzlaridan ikki yumaloq gavhar quladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
yumaloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yumaloq xat
-
Yumaloq xat yozishni kasb etgan tuhmatchi igʻvogarlarning kasbi karmon-kesar kissavurlardan ham tubandir. R. Usmonov, Odobnoma
YUMALOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮМАЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yumaloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar