yum
bilan ulashing
Koʻzni, ogʻizni va shu kabilarni qisib, siqib berkitmoq.
-
Ashula boshlanganda, domlalar koʻzlarini yumib, chayqala boshladilar. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Ismat soqov ogʻzini yumganicha xuvv deb kuldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
yum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz ochib yumguncha
-
Isfandiyor xon boʻlibdi! degan soʻzlar koʻz ochib yumguncha shaharga tarqaldi. J. Sharipov, Xorazm
Koʻz yummaslik
-
— Dahshat! — dedi mehmon, — tuni bilan koʻzimni yummay chiqdim. Mushtum
Koʻz yummoq
-
Yangi yer ochish toʻgʻrisida muttasil kekirdak choʻzadigan oʻrtoqlar haqiqatdan koʻz yummoqdalar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Koshki edi soʻng qoʻlingda, Erkalanib bersam jon. Soʻnggi nigoh senda qolsa, Men koʻz yumsam bearmon. Zulfiya
Ogʻzingni yum
-
Ogʻzingni yum, boʻlmasa, kekirdagingni uzib olaman. M. Qoriyev, Oydin kechalar
YUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar