to‘da
bilan ulashing
1. Bir yerga toʻplab yoki uyib qoʻyilgan narsa; uyum, toʻp, toʻplam.
-
Axlat toʻdasi. Bir toʻda parcha-parcha gʻisht. Narsalarni toʻda qilib qoʻymoq.
-
Keyin uni sugʻurib oldi-da, bir toʻda qogʻozni oldimga tashladi. Guldasta
2. Bir yerga toʻplangan kishilar yoki hayvon, qush va shu kabilar guruhi, galasi, toʻpi.
-
Uloqchilar toʻdasi. Qushlar toʻdasi. Toʻda boʻlib yurmoq. Toʻdadan ajralgan toʻrga tushar. Maqol
-
Arilar toʻdasi oʻzini qop ichiga urdi. Bu bolalarga chindan qiziq tomosha boʻldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Avaz tor hovliga moʻralab qoʻyib, eshik oldida qoʻl qovushtirib turgan kishilar toʻdasiga qoʻshildi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Biror maqsad bilan uyushgan kishilar guruhi.
-
Nazirqul Xolxoʻja yigitlaridan xabardor edi. U eshonning gapidan, shular toʻdasiga bor, degan maʼno angladi. S. Ahmad, Hukm
-
Toshkentdagi Yusufbek hoji toʻdasidan amaliy choralar koʻrsatilib yozilgan javob maktubi olindi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bizning hozir oʻz toʻdamiz bor. Agar istasang seni ham sardorimiz huzuriga olib boraman. Mirmuhsin, Meʼmor
TO‘DA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘da so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar