to‘ng‘iz
bilan ulashing
1. Yovvoyi choʻchqa, qobon; umuman, choʻchqa.
-
Yer ovloq boʻlsa, toʻngʻiz tepaga chiqar. Maqol
-
Eshak — ishi bilan, toʻngʻiz — tishi bilan. Maqol
-
Uning Tursunboyning
-
qamish chaylasi oldidan oʻrdaklar uchadi, yaqinginasidan toʻngʻizlar oʻtadi. S. Ahmad, Ufq
-
Qamish oʻrmonlarning bir xildagi salobatli shovullashi bilan toʻlgan jimjitlik toʻngʻiz ovchilarining goho uzoqlarda gumburlagan miltiqlari tovushidan buziladi, xolos. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Biznikilar: Karam shoʻrva ichmaymiz, toʻngʻiz goʻshti soladi, deyishgan edi, goʻsht-yogʻni ham oʻz qoʻlimizga beradigan boʻlishdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. koʻchma Tarbiya koʻrmagan, nodon yoki vijdonsiz odam haqida; shu hayvonga nisbatli haqoratni bildiradi.
-
Muhtaram kabin otamizga! Siz bilan meni qorongʻi zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan Homid ismli bir toʻngʻizni, nihoyat, ikki yillik sargardonlik soʻngida tuproqqa qorishtirishga muvaffaq boʻldim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Ket, toʻngʻiz, ket, tavba qilish zamoni oʻtdi — der edi xalq. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Anavi toʻngʻizning xirillab uxlashiga havasim kelyapti, — u Gʻavvosni koʻrsatdi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Muchal yil hisobida oʻn ikkinchi yil nomi.
-
Uning yil — toʻngʻiz.
-
Hay, Shukur kampir, muchalingiz toʻngʻiz boʻlib, safar oyining oʻn birida tugʻilganmisiz, nima balo, sira el boʻlmaysiz-a? A. Muxtor, Opa-singillar
to‘ng‘iz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻngʻiz yili
TO‘NG‘IZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎНҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘ng‘iz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar