yulqi
bilan ulashing
1. Tortqilab uzib olmoq, siltab tortmoq, yulib tashlamoq, yulmoq.
-
Muallimimiz telpagimni yulqib olib, derazadan otib yubordi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Bir mahal allaqanday kuch meni zarb bilan yulqib oʻrnimdan turgʻazdi. E. Raimov, Ajab qishloq
2. aynan Yulqilamoq.
-
Yung yulqimoq.
-
Gʻulomjon bir siqim paxtani qoʻlida yulqib turar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Umar yuzini yengil shabadaga tutib xayol suradi. Yel mayin sochlarini yulqib oʻynaydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. aynan Yulmoq 3.
-
Har maosh tarqatganda, oʻqituvchilardan 5-6 soʻmdan yulqib qolishi ham holva ekan. Mushtum
-
u soʻnggi uch-toʻrt yilning oʻzidagina har kimlardan ming soʻmlardan koʻproq pulni yulqigan. Mushtum
YULQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮЛҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yulqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar