yulduz
bilan ulashing
1. Qizigan gaz (plazma)lardan tarkib topgan, tabiatiga koʻra Quyoshga oʻxshaydigan, kechasi nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan osmon jismi.
-
Yorugʻ yulduz. Xira yulduz. Qutb yulduzi. Yulduzlar turkumi.
-
Oqshom choʻkdi Toshkent qoʻyniga, Miltillashib koʻklarda yulduz. X. Saloh.
-
Bu yerga quyosh ogʻdi salqin tushadi, kechalari, tepamizda yulduz toʻla osmon. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
2. Bir necha oʻtkir uchli geometrik shakl hamda shunday shaklga ega boʻlgan narsa.
-
Besh uchli yulduz. Yulduzning shaklini chizmoq. Archaning tepasiga yulduz oʻrnatmoq.
3. koʻchma Mashhur boʻlib tanilgan, shuhrat qozongan shaxs haqida.
-
Kino yulduzlari.
-
Dongʻi ketgan terimchi va shuhrat yulduziman, Lafzi halol, yuzi oq Fargʻonaning qiziman. Uygʻun
-
Yigʻilganlarni qiziqtirgan narsa oʻzbek adabiyoti va sanʼatining yulduzlari, oʻzbek jangchilari boʻldi. N. Safarov, Olovli izlar
4. Yulduz (xotin-qizlar ismi).
yulduz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yulduz koʻrmay jon berdi
Yulduz sanab yotmoq
Yulduzi issiq
-
U [Umid] roʻparasidagi yulduzi issiq qizdan aslo koʻz uzmasdi. Mirmuhsin, Umid
Yulduzi (yulduziga) toʻgʻri keldi
-
— Men jiddiy soʻrayapman, nega Isomiddinov bilan yulduzlaring toʻgʻri kelmayapti? Biror sir bormi? — dedi Norbuvi Karimovga. H. Shams, Dushman
-
Abror bilan Chinnixonning yulduzi yulduziga toʻgʻri kelib qolgani hech kimga sir emas. P. Qodirov, Qalbdagi quyosh
Yulduzni benarvon uradigan (odam)
YULDUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮЛДУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yulduz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar