yul
bilan ulashing
1. Siltov bilan tortib uzib yoki sugʻurib olmoq.
-
Sochini yulmoq. Tovuq patlarini yulmoq. Ortiqcha gʻoʻzalarni yulib tashlamoq.
-
Ota semiz, boʻyab qoʻyganday qizil oʻtni yulib oldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Oʻz yonida gʻumay yulayotgan Adolatning qoʻli qiyilib qonaganini koʻrgan Begimxon xaxolab kulib yubordi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Uka — jigar, tosh otay desa, jigarchilik, otmay desa, xon turipti; nihoyat, toʻnidan uvada yulib otibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Tirnab jarohatlamoq, timdalamoq.
-
Birovning betini yulmoq.
-
— U-u harakat qildim, tepdim, urdim, yuldim, tirnadim — boʻlmadi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sochin yoyib, betin yulib, yoʻlga kirdi chaqqon boʻlib. Murodxon
3. koʻchma Biror shaxs yoki xalq mulkidan oʻmarmoq, yulqib olmoq.
-
Yulgʻich yulib toʻymaydi. Maqol
-
[Boy.] Nontepkilik qilma! Shu soqolim bilan yolgʻon gapiramanmi? Yulsam, senday gadodan yulamanmi? Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Amaldorlar esa turli yoʻllar bilan kambagʻal xalqning bor-budini yulib olar edilar. OʻTA
4. koʻchma Ajratib olmoq.
-
Afsuski, fakt va dalillar, koʻpincha, umumiy kontekstdan yulib olib tahlil qilinadi. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
-
Huri oʻz xayolidan oʻzi choʻchib, boshini yostiqdan yulib oldi. N. Fozilov, Diydor
5. koʻchma Biror narsa hisobidan chegirib qolmoq; tejamoq.
-
Agar sizlar mana shu yoʻl bilan butun bir mavsumda oʻn mehnat kunini pilladan yulib, paxtaga bergani yordam qilsalaring ham harna. A. Qahhor, Kampirlar sim qoqdi
yul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapini ogʻzidan yulmoq
-
Odamning gapini ogʻzidan yulib olmang, kishi gapini aytib boʻlguncha sabr qiling. N. Safarov, Olovli izlar
YUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan YUL so‘ziga berilgan ma’nolar
yul so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar