bort
bilan ulashing
1. Kema, kosmik kema, yuk mashinasi, samolyot va shu kabilarning yoni, yon devori.
-
Mashina shitob bilan tepalikka tirmashib, ogʻir yukdan bortlari betinim gʻichirlab bormoqda. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Toʻrabek bortga suyanib oʻtirgan yeridan alam bilan toʻlgʻanib qoʻydi. M. Mansurov, Yombi
-
Bortiga goʻsht deb yozilgan mashina oʻqday uchib keldi-da, omborxona oldida toʻxtadi. Gazetadan
2. Kelishik affiksi bilan kelgan shakllarda samolyot, kema va shu kabilarning ichi maʼnosini bildiradi.
-
Vostok kosmik kemasi bortidagi odam bilan kosmosga koʻtarildi. Kelajakka parvoz
-
Kema bortiga oʻrnatilgan hamma asboblar va sistemalar aniq va puxta ishlamoqda. Gazetadan
BORT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bort so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar