borliq
bilan ulashing
1. fls. 1 Inson ongi va sezgisidan tashqaridagi obyektiv dunyo, olam, mavjudot.
-
Ahmad koʻchaga chiqdi. Kun issiq, borliq lov-lov yonardi. F. Musajonov, Himmat
-
choʻl ham, butun borliq ham noz uyquda yotgandek. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Intilar borliqni inson Barkamol etmoq uchun, Ne ajab, insonni borliq Barkamol etgan emas. E. Vohidov, Muhabbat
2. Kishining vujudi, jismi, turish-turmushi.
-
Borligʻim muhabbatingiz alangasi bilan tutashgani holda zavjingiz Otabek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ogʻriq uning butun borligʻini chulgʻardi. Yoshlik
-
Daryo yoqasida oʻtirib, butun borligʻi bilan qoʻshiq ayta-yotgan qizga koʻzim tushdi. Sharq yulduzi
-
Borligʻidan sovuq ter quyilib ketdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
3. Barcha, hamma, butun.
-
Oʻzbek oyim oʻgʻlining oʻlganning ustiga chiqib tepish qabilidan boʻlgan bu harakatidan tutuni koʻkka chiqib, borliq qahr-gʻazabini eri ustiga toʻkadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BORLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОРЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
borliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar