porilla
bilan ulashing
1. Kuchli nur sochmoq, gurullab yonmoq.
-
Huroyimning uyida katta chiroq porillab yonib turibdi, balaxona orqasidan yarqirab oy koʻtarilmoqda. U. Ismoilov, Saylanma
-
Kimdir pirpirab turgan mashʼalaga kerosin quyardi, mashʼala porillab ketardi. Gazetadan
2. koʻchma Yaltiramoq, yarqiramoq, yonganday boʻlib koʻrinmoq.
-
[Karimjonning] Qoshkoʻzlari porillab yoqimtoy chehrasiga qizillik yugurdi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
-
Kasal koʻzlari porillaydi, qorongʻi kulbaga qandaydir yorugʻ kirganday boʻldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. taql. s. Por-por etgan tovush chiqarmoq.
-
Koʻp oʻtmay hovlidan mototsikl motorining porillagan tovushi eshitildi. M. Xayrullayev, Koʻngil
PORILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОРИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PORILLA so‘ziga berilgan ma’nolar
porilla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
porilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing