porloq
bilan ulashing
1. Porlab, nur sochib turadigan, nurdek ravshan.
-
Quyosh nuri juda koʻrkam, yuksak va porloq, Nurin hatto ayamaydi vayronadan ham. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Fazodan teranroq nima bor ekan? Yulduzlar bazmidan porloq qay yigʻin? A. Oripov, Yillar armoni
2. koʻchma Baxt-saodat, istiqbol sari boshlovchi; ravnaqli, nurafshon.
-
Porloq kelajak.
-
Ey yasha, porloq kun, baxtli kelajak. Omon boʻl, Vatanim, ming yillar boqiy! Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Dadil bosilgan qadam porloq kelajakning ustunidir. Saodat
-
Choʻl havosini oʻqib, suyunib ketdim. Birdan lov etib, alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq boʻladi. A. Qahhor, Asarlar.
PORLOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОРЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
porloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar