pora
bilan ulashing
1. Parchalangan narsaning bir qismi; boʻlak, parcha.
-
Pora boʻlmoq. Pora qilmoq.
-
Qudrat, taxta porasi ustida hushsiz qolgan Farhodday, oʻz ixtiyorini unga berib ojiz qoldi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
Burgut uni changalga olib, Mushuk jagʻin qilibdi pora. Ya, Qurbon
-
Oʻsma qoʻyding-mu qoshingga, Bunchalar ham qoradur, Bilmadim, bu qoshlaringdan Qancha dillar poradir. E. Vohidov, Yoshlik devoni
-
Sening yuragingda laxta-laxta qon, Siynang nimalardan boʻlmagan pora. A. Oripov, Yillar armoni
2. eskirgan, kitobiy Toʻda, toʻp, guruh.
-
Men bir pora yigitlarni olib, yovning orqasiga oʻta bildim. Oybek, Navoiy
3. eskirgan, kitobiy Asarning tugal qismlaridan biri; qism, boʻlim; bob.
-
Oʻttiz pora qurʼonni yod olmoq.
Biror ishni noqonuniy tarzda bitirib bergani uchun mansabdor shaxsga beriladigan yoki berilgan narsa yoki pul.
-
Pora olmoq. Pora bermoq. Pora yemoq.
-
Aʼzamjon aka hozir pora bilan ish bitkazish mumkinmasligi, pora bergan ham, pora olgan ham qiya boʻlib ketishini aytib qoldi. S. Ahmad, Saylanma
-
Tavba, poroga kelgan pulni tarozida tortib oladigan odam qanday qilib prokuror boʻlib qoldi ekan? X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
PORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar