popuk
bilan ulashing
1. Narsalarga bezak uchun taqiladigan bir bogʻlam tola, pat, ip va shu kabilar.
-
Doʻppi popugi.
-
Sharofat, paranjining popugini eshib, yerga qaraganicha oʻtirar, aftidan, bu savolga javob bermoqchi emas edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Gajim, shokila.
-
Bayroq popugi.
-
Zaynab gilamning popugini chirmab, nimaningdir xayolini surar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Karomat ona., dasturxon popugini oʻynashda davom etdi. T. Alimov, Sovchi
3. Yosh qizlarga nisbatan erkalash maʼnosida ishlatiladi.
-
Oldinda sizlar, oy popuklarim. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
— Siz, popuk qizim, etagingizga pamildori, loviya terib chiqing, — dedi amma Munavvarga. S. Anorboyev, Mehr
4. Shokilali qogʻozga oʻralgan konfet.
-
Bir kampir sepkildor bolaning chap yonidagi koʻylak kiygan qizchaga popuk uzatadi, keyin uni koʻtarib oladi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
5. Popuk (xotin-qizlar ismi).
popuk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Popugi pasaymoq
-
Domlaning nutqlaridan keyin odamlarning popugi pasayib qoldi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Rahimjon popugi pasayib, nafasi chiqmay qoldi. H. Nazir, Yonar daryo
Popuk ildiz
POPUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОПУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan POPUK so‘ziga berilgan ma’nolar
popuk so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
popuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing