poraxo‘rlik
bilan ulashing
1. Pora olish, pora yeyish bilan shugʻullanish.
-
Poraxoʻrlik qilmoq.
-
U aslida Sodiqjon boyvachchaning qopagʻon iti poraxoʻrlikka zoʻr bergan, podsholikka yigʻiladigan soliqlarning yuzdan toʻqsonini urib, hamyonini muttasil qappaytirishni oʻylagan ajdarnafs bir badkir edi. K. Yashin, Hamza
2. huquq Pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlik jinoyatlari.
-
Poraxoʻrlik hayotimizga tipik emas deganlarning qancha-qanchasi pora bilan qoʻlga tushib, jazolanib ketdilar. Gazetadan
-
Shaharda korrupsiya, poraxoʻrlik va reketga nisbatan beshafqat kurash olib borilmogʻi lozim. Gazetadan
-
— [Homid] U yerda [Qoʻqonda] ham tinch yotmay, Oʻtabboy qushbegini poraxoʻrlikda ayblab, Musulmon choʻloqqa ariza bergan, — dedi [Usta Farfi]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
PORAXO‘RLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОРАХЎРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poraxo‘rlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar