porla
bilan ulashing
1. Yorqin nur sochib turmoq, ravshan yonmoq.
-
Bulutsiz koʻkda quyosh porlaydi.
-
Daraxtlar orasida porlab turgan chiroqlar birin-sirin soʻndi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Porlagan chiroqlar atrofni kunduz qilib yuborgan. Sharq yulduzi
-
U yotoqxonalarning elektr nuri porlagan derazalariga angrayganicha bitta-bitta yurib kelarkan, beixtiyor uzoq shaharchadagi qadrdon uyini esladi. Yoshlik
2. koʻchma Nur sochmoq, barq urmoq, balqimoq.
-
Xadicha ayaning tashvishli koʻzlari quvonchdan porlab ketdi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Sevib qolgan! U koʻzlarida porlagan quvonchni yashira olmas, tasavvurida birdaniga farishtaga aylangan shu odamni xafa qilmaslik uchun boshini koʻtarmas edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yoshgina bir ayol kulib turgan koʻzlarini porlatib: — Xadichaxon, xolam uzr soʻrayaptilar, eshitinglar, oʻrtoqlar, — dedi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
PORLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
porla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar