o‘rgat
bilan ulashing
1. Biror ish, kasb va shu kabilarni bajarishni, qilishni tushuntirib bildirmoq, oʻzi bajara oladigan qilmoq; malaka hosil qildirmoq.
-
Raqs tushishga oʻrgatmoq. Kasb-hunar oʻrgatmoq.
-
Bugungi kunda ilgʻor ishchi oʻzining boy hayotiy tajribasini yoshlarga qunt bilan oʻrgatmoqda. Gazetadan
-
Baʼzida uning kunlari menga bichish-tikishni oʻrgatishdan koʻra koʻproq pand-nasihat berish bilan oʻtadi. Guldasta
2. Biror ish, amalga yoʻllamoq; yoʻlga solmoq.
-
Menga qara deyman! Kim oʻrgatdi senga yolgʻon gapirishni? A. Qahhor, Asarlar
-
Ikki ogʻiz nordon gap aytay desam, unda [kampirda] nima ayb. Unga oʻrgatishgan. Mushtum
3. Ilm, odob va shu kabilardan taʼlim bermoq.
-
Demak, seningcha oʻsha mirshablarni ham maʼrifatdan bahramand qilish kerak, ilm oʻrgatish kerak, shundaymi? K. Yashin, Hamza
-
Ular Qudratga bu hunarni oʻrgatish bilan birga, haqsizlikka qarshi kurashni ham oʻrgatdilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shokir yuqori kursda boʻlgani uchun qizlarga yordam beradi, koʻpincha fizika qoidalarini oʻrgatadi. Guldasta
4. Biror narsa yoki ish-harakat bilan doim shugʻullanadigan qilmoq, shunga odatlantirmoq.
-
Bolani erta turishga, salom berishga oʻrgatmoq.
-
Oqsoqol avvalgi tilmochni ham uyiga oʻrgatib olgan emish. S. Ahmad, Hukm
-
Ha, boshidan qattiq turib, oʻrgatib olmasang, keyin qiyin boʻladi. F. Musajonov, Nozik masala
5. Biror ishni bajarishga koʻnikma, malaka hosil qildirmoq (asosan, hayvonlar haqida).
-
Itni ov qilishga oʻrgatmoq.
-
knyaz uchta otdan ikkitasini berib yubordi, qolgan bitta otni kolyaskaga oʻrgatgin, dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
O‘RGAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРГАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rgat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar