o‘rinsiz
bilan ulashing
1. Asossiz, besabab, behuda, ortiqcha, notoʻgʻri.
-
Oʻrinsiz gʻazab. Oʻrinsiz araz. Oʻrinsiz koyimoq.
-
Avaz qozining shikoyati oʻrinsiz topilib, mol-mulki musodara qilindi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Qoʻrqmangiz, hoji! Margʻilon hokimi oʻrinsiz qon toʻkuvchi emasdir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yarim kechaga borganda, Oqilaxon quruq tuhmat, oʻrinsiz tanalardan qutulish yoʻllarini oʻylay-oʻylay, divanga suyanganicha uxlab qoldi. R. Rahmonov, Talvasa
2. Muayyan vaziyatga toʻgʻri kelmaydigan, yopishmaydigan; nooʻrin.
-
Ubay, direktorning oʻrinsiz hazilidan shartta orqasiga oʻgirildi-yu, kabinetdan chiqib ketdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Muhammadjon hozir gapirishni oʻrinsiz deb bildi va qovogʻini solib, yuzini Zokirdan oʻgirib oldi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Biror zaruratsiz qilingan; foydasiz, notoʻgʻri, behuda, chakki.
-
Bir boyning ikki oʻgʻli boʻlib, kattasi maishatparast, serxarajat, pulni oʻrinsiz sarf qiladigan ekan. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
O‘RINSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРИНСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rinsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar