tanglik
bilan ulashing
1. Tang holat, tang ekanlik.
-
Joyning tangligi. Vaqtning tangligi.
2. Tang, siqiq joy.
-
Tanglikka sira tobim yoʻq.
3. Torlik, kichkina ekanlik.
-
Etigim bir oz tanglik qildi.
4. Ogʻir, mushkul ahvol; yetishmaslik.
-
Oziq-ovqat tangligi.
-
Roʻzgʻordan shunday tanglik tortdikki, gapirsam, balki ishonmaysiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yem-xashak tangligi sabab, magazindan non olib boqishga majbur boʻlgan. J. Abdullaxonov, Xonadon
5. aynan Krizis, inqiroz.
-
Iqtisodiy tanglik. Hukumat tangligi.
-
Oʻtmishda tez-tez sodir boʻlib turgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tangliklar irrigatsiya ishlariga salbiy taʼsir qilgan. I. Jabborov, Koʻhna xarobalar siri
TANGLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНГЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanglik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar