tang
bilan ulashing
1. Oraligʻi, eni, hajmi yetarlicha katta boʻlmagan; tor, chogʻ.
-
Tang yoʻlak.
-
Toshni toshlarga urib, Tarqatib qoʻrqinch ohang, Yoʻli uning poyonsiz, Goʻyo sahro koʻksi tang. Gʻayratiy
-
Vaqt tang, dalada ish tigʻiz. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qutulish, hal qilish yoki iloji, davosini topish juda qiyin boʻlgan, gʻoyat ogʻir, mushkul, nochor.
-
Tang ahvol. Tang vaziyat. Bemorning ahvoli tang.
-
Ukang Qurbon oqsoqol tegirmonida ishlab turadi. Roʻzgʻordan bir qadar siqilishgan. U yogʻini surishtirsang, qishloqda hammaning roʻzgʻori tang. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ishning eng tang joyi — qum bilan shagʻalning yetishmasligida. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Hayot-mamot urushining tang daqiqalarida Ergash mehri-bon onasining gaplarini esladi. N. Safarov, Olovli izlar
tang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tang qolmoq (yoki qotmoq)
-
Zulayhoning osoyishta yuziga qarab tang qoldim. U xatarli odam bilan gaplashib yurganini butunlay sezmayotganga oʻxshardi. P. Qodirov, Qadrim
-
Har qalay, uygʻotay, dedi yana ona va oʻgʻlining boshiga egildi, egildi-yu, tang qotdi. I. Rahim, Chin muhabbat
TANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar