tang‘i
bilan ulashing
1. Mahkam siqib, oʻrab, aylantirib bogʻlamoq.
-
Belni tangʻimoq. Yarani tangʻib bogʻlamoq.
-
Umar shoyi qiyiq bilan peshonasini tangʻib, karavotga yotdi. I. Rahim, Ixlos
-
[Tamara] Bir oz oʻziga kelgach, sochlarini boshiga tangʻidi-da, Gʻofirni divanga taklif qildi. Q. Maqsumov, Kutilmagan baxt
-
Yugurganicha ichkari uyga kirmoqchi edi, oq fartugi, boshiga oq roʻmolcha tangʻigan yoshgina xotin chiqib, uni toʻxtatdi. Oydin, Chaqaloqqa chakmoncha
-
Bu yerlarda serviqor togʻlar beliga tangʻilgan kumush kamardek temir yoʻl paydo boʻldi. Gazetadan
2. Yechilmaydigan qilib, mahkam bogʻlamoq; chandimoq.
-
Otni ustunga tangʻib qoʻymoq.
-
Shu pastqam uyiga arqon bilan tangʻib qoʻyganga oʻxshaydilar-a. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Janish bu bu gal epchillik bilan haligi qoziqdan lattani oldi-da, uning oyoq-qoʻlini tangʻib bogʻladi H. Shams, Dushman
-
Bola botinkasi ustidan bogʻlangan lattani qattiqroq tangʻidi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
TANG‘I so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНҒИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tang‘i so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar