tanga
bilan ulashing
1. tarixiy Buxoro xonligida 15 tiyinga, Qoʻqon xonligida 20 tiyinga teng boʻlgan kumush pul.
-
Bir tanga (yigirma tiyin). Yarim tanga (oʻn tiyin). Tuya bir tanga — qani bir tanga, Tuya ming tanga — mana ming tanga. Maqol
-
— Bitta mushak uch miri, — dedi Turobjon, — yuzta mushak otilsa bittangadan yuz tanga. Bir miridan kam — yetmish besh tanga boʻladi. A. Qahhor, Anor
2. Umuman, qogʻoz puldan boshqa, oltin, kumush, mis kabilardan zarb etilgan pul.
-
Oltin (tillo) tanga. Kumush tanga. Tanga va qogʻoz pullar.
3. qiyoslang: Oltin, kumush va ularning qorishmasidan zarb etilgan pul. chaqa.
-
tosh-kentlik mardikor ishtonining lippasiga qistirilgan boʻz xaltachani — hamyonni olib, tanga, chaqa aralash bir soʻmni sanab toʻkdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oxirida maddoh yigʻilgan tanga va qora pullarni bir shol qopchaga soldi. S. Ayniy, Qullar
4. Qozogʻiston Respublikasining asosiy pul birligi.
5. Baliq terisini qoplab olgan qattiq mayda toʻgarakchalar.
-
Baliqning tangasi. Baliq tangasini pichoq bilan tozalamoq.
6. koʻchma Yiltiroq tangasimon narsa haqida.
-
Choyxonachi Dadamat unda-munda quyosh tangalari yiltiragan toza, tekis sahnga mirishkorlik bilan suv sepdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Azamat daraxtlarning yaproqlari oralab yerga toʻkilgan oyning oppoq tangalariga ajib bir zavq bilan tikilar edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
TANGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar