tanglay
bilan ulashing
Ogʻiz boʻshligʻining yuqori devori; qattiq va yumshoq tanglaydan iborat boʻlib, ogʻiz boʻshligʻini burun boʻshligʻidan ajratib turadi.
-
Qattiq tanglay. Yumshoq tanglay. Tilni tanglayga tegizmoq.
-
Sekin shaftolining poʻstini archsang, ogʻzingga solib, tiling bilan tanglayingga bossang-u, suvini qult-qult yutsang. A. Qahhor, Koʻk konvert
tanglay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tanglayi taqillab ketdi yoki tanglayi quridi
-
[Qudratning] Lablari qovjiragan, tanglayi qurigan, ranglari oʻchgan edi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
Tanglayini koʻtarmoq (yoki bosmoq)
Tanglayini... bilan koʻtargan
-
Uning tanglayini pul bilan koʻtargan.
-
Tanglayini soʻkish bilan koʻtargan (Koʻp soʻkinadigan, soʻkinib gapiradigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi).
Tanglayini taqillatmoq
-
— Hech kimda yoʻqmi-a? — parishon bir holda soʻradi Buviniso. Koʻzlari miltillagan bola, gapirishga madorsizdek, tanglayini taqillatib, bosh chayqadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Tili tanglayiga yopishmoq
-
Mahmudjonni muzdek ter bosdi. Nimadir demoqchi edi, tili tanglayiga yopishdi. Mushtum
TANGLAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНГЛАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanglay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar