taajjub
bilan ulashing
1. sifatdosh Kishini hayratda qoldiradigan, ajablantiradigan, gʻalati.
-
Taajjub narsa. Taajjub ish.
-
Bu taajjub hol odamlarda gumon tugʻdirmay qolmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Redaksiyaga aql bovar qilmaydigan taajjub bir xat keldi. Mushtum
2. ot Ajablanish, hayronlik.
-
Qoʻldosh yuzida taajjub alomati paydo boʻldi. H. Shams, Dushman
-
Xotinning taajjubi oshdi. S. Ayniy, Qullar
-
-Yusufjonov?! — dedi qorovul ham taajjub, ham xursandlik bilan. N. Fozilov, Hayot oʻrgatdi
-
[Safar] Taajjub va hayrat ichida kelib, mehmonxonaga kirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Kishining ajablanish holatini, hayronligini bildiradi; ajab, qiziq.
-
Taajjub, uning maktubi yuragimda na sevinch uygʻotdi, na bir achinish! O. Yoqubov, Tilla uzuq
-
Lekin taajjub: odamlarning iliq muomalasi, ayniqsa, Sherbekning mehribonligi negadir uning koʻnglini buzdi. S. Anorboyev, Oqsoy
taajjub soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taajjub qilmoq
Taajjubga solmoq
-
Meni taajjubga solgan narsa shuki, nima uchundir hech kim qachon va qanday mukofot olganimni soʻramasdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
Taajjubga tushmoq
-
Meʼmor oʻzini usta Abdugʻafur negadir yuqori qavatga chaqirtirganidan taajjubga tushdi. Mirmuhsin, Meʼmor
TAAJJUB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТААЖЖУБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taajjub so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar