jigar
bilan ulashing
1. anat. Odam va hayvonlarning oʻt (safro) ishlab chiqaradigan, organizmda moddalar almashinuvini taʼminlaydigan ichki aʼzosi.
-
Jigarim ogʻriyapti. Jigar kasalliklari.
-
Shu qishda uning [onaning] jigari xastalanib, oyoqlari shishib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Alkogol nafaqat jigarga, balki oshqozon-ichak yoʻllariga, yurak tomirlariga, bosh miyaga, umuman, butun ichki aʼzolarga halokatli taʼsir koʻrsatadi. Gazetadan
2. Hayvonlarning ovqat sifatida ishlatiladigan shu aʼzosi.
-
Qovurma jigar. Jigar kabob.
3. koʻchma Eng yaqin kishi, tugʻishganday yaqin birodar; farzand.
-
Sen yetim emassan, Tinchlan, jigarim. Gʻ, Gʻulom
-
Madamin buni kutmagan boʻlsa kerak, shovqin soldi: — Xizmatkorim emas! Xudoyqul mening oʻz jigarim, ammamdan qolgan sagʻir. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Avazning bir dardiga yuz dard qoʻshildi. U jigarlarini xayolchan mungʻayib kuzatib qoʻydi. S. Siyoyev, Avaz
jigar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jigari suv boʻlmoq
-
Paxta deb jigarim suv boʻldi-yu, makkajoʻxoriga nima bor. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Jigaridan urmoq
-
Inobatxon institutning birinchi kursidayoq mening jigarimdan urib qolgan edi. Gʻayratiy,Dovdirash
Jigari xun boʻldi
JIGAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИГАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jigar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar