suyuq
bilan ulashing
1. Oqish va oʻzi ishgʻol qilib turgan idish shaklini olish xususiyatiga ega boʻlgan.
-
Suyuq jism. Suyuq modda, Suyuq yoqilgʻi.
-
Suyuq shisha.
-
Kimyoviy faol, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. OʻzME
2. Suvi meʼyoridan ortiq yoki nisbatan koʻp boʻlgan; sersuv.
-
Ya na bir ketmon urganda, ajriqzordan bilqillab suyuq loy chiqdi-da, keyin kuchli tiniq suv tikka otildi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Maza, kuch beruvchi tarkibiy qismi meʼyoridan kam yoki nisbatan oz boʻlgan; kuchsiz.
-
Suyuq sut. Suyuq qatiq. Suyuq eritma.
-
Haydarboyning koʻrimsiz choynaklaridagi quyuq va suyuq choylari bu yerdagi juda koʻp odamlarning ham, oʻtgan-ketgan yoʻlovchilarning ham chanqovini bosib turadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Unchalik qalin, zich boʻlmagan, hakkam-dukkam, siyrak.
-
Suyuq tutun.
-
Oftob hali qor tashlagan suyuq, oqish bulutlar ortidan chiqmagan boʻlsa ham, tushga borib, hamma yoq ilib ketdi. P. Qodirov, Uch ildiz
5. koʻchma Mazmunan sayoz, siyqa yoki bemaza.
-
Suyuq gap. Suyuq asar.
-
— Postanovkang yogʻi olingan sutga oʻxshaydi, suyuq, — deb tanqid qildim. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
6. koʻchma Fahsh yoʻliga kirgan; buzuq.
-
Suyuq erkak.
-
[Umar] Koʻp yurdi, koʻp topdi, topganini sovurdi. Albatta, u pullar suyuq ayollar yoʻliga ketdi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
suyuq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suyuq osh
-
Shokir bazzoz Appon cholga qatiq bilan rayhonni uzatdi. U kosasiga keragini solib boʻlgach — Qani, Appon, ovqatga qara, — deb, kosadagi suyuq oshni uch-toʻrt bor shopirib qoʻydi. Yoshlik
SUYUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЮҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suyuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar