suyuqlik
bilan ulashing
1. Oqish va oʻzi ishgʻol qilib turgan idish hajmini olish xususiyatiga ega boʻlgan modda.
-
Kichkinagina, penitsillin shishasida qandaydir oppoq suyuqlik edi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Jazirama yoz kunlari yantoq oʻzidan sargʻish yelimga oʻxshash suyuqlik ajratib chiqaradi. Fan va turmush
-
U kunda uch mahal bemorning qon tomiriga igna sanchib, allaqanday suyuqlik yuboradi. S. Siyoyev, Avaz
2. fizika Moddaning qattiq va gazsimon holatlari oʻrtasidagi mexanik holat.
-
Moddaning suyuqligi. Sutning quyuq yoki suyuqligini oʻlchamoq.
3. koʻchma Suyuq kishilarga xos ish, xatti-harakat, yurish-turish, qiliq.
-
Kunlardan birida u, beadablik qilgani uchun, bir shaddod qizdan shapaloq yegani esida. Oʻsha-oʻsha, Valivoy qizlarga suyuqlik qilmaydigan boʻldi. H. Nazir, Onaizor
SUYUQLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЮҚЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suyuqlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing