suz
bilan ulashing
1. 1 Suzgich yoki boshqa biror narsa orqali oʻtkazib, mexanik aralashmalardan tozalamoq.
-
Benzinni mashina bakiga suzib solmoq.
2. Suyuq narsalarning kerakli qismini ajratib olmoq.
-
Sirka suzmoq. Suzib sutning qaymogʻini olmoq.
-
U kishi [boy] shoʻrvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, goʻshtini yeydi, menga taqir suyak, bir kosa jirsiz suv keltiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Tayyor ovqat yoki ichimlikni yeyiladigan yoki ichiladigan idishlarga taqsimlab solmoq.
-
Palov suzilib, Nusratbek ikki laganni keltirganda, yigitlar Sohib akaning yelkasiga turtishdi. S. Nurov, Narvon
-
Maxsumov hammaga shoʻrva suzdi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Bir siqimgina osh qilib, suzib olishga hayron boʻlib oʻtirgan edim. S. Ahmad, Ufq
4. Kartalarni oʻynovchilarga boʻlib bermoq.
-
Karta suzmoq.
suz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz suzmoq
-
Gʻunajin koʻzini suzmasa, buqa ipini uzmaydi. Maqol
-
Yoshi qirqlarga borib qolgan boʻlsa ham, ikki beti qip-qizil joriya boʻsh xaltani noibning qoʻlidan olarkan, qop-qora koʻzlarini allanechuk suzib, gʻamzali bir ohangda: — Bizga-chi, begim? — deb soʻradi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
1. Qoʻl-oyoq yoki suzgichlarini qimirlatib, suvda turmoq yoki biror yoʻnalishda harakat qilmoq.
-
Quloch otib suzmoq. Qurbaqacha suzmoq. Chalqanchasiga suzmoq.
-
Terak tagidan sholipoya boʻylab yoʻl bor. Chirchiqqa tik chiqadi. Daryodan suzib oʻtamiz. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Baliq suvda suzadi, suvda uxlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Suv transporti vositalarida yurmoq, sayr yoki safar qilmoq.
-
Qayiqda suzmoq. Kemada suzib, dengizdan oʻtmoq.
3. Suyuqlik yoki gaz betida qalqib turmoq yoki oqmoq.
-
Itaruvchi kuch jism ogʻirligiga teng boʻlganda, jism suyuqlikning yuzida yoki ichida suzib yuradi. Fizika
-
Bu Volga ham tun ogʻushida, xuddi suvda suzib borayotgan kemadek, asta-sekin uzoqlashdi Yoshlik
-
Eskidan saqlanib qolgan yodgorlik — oqqushlar suzib yurgan koʻllar-u daraxt tagida nay chalib oʻtirgan yigit -qizlarning suratlari. M. M. Doʻst, Lolazor
4. koʻchma Bir maromda bir tarafga qarab harakat qilmoq, kezmoq, oqmoq.
-
Domla koʻzlarini ishqab, atrofga qayta tikildi-yu, qandaydir bahaybat qushlarning qumda ohista suzib yurgan soyalarini koʻrib, beixtiyor tepaga qaradi. M. Mansurov, Yombi
-
Samoda esa hech kimga keraksiz gʻarib oy mungʻayib suzardi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
pushtirang ulkan bulut samoning qoq oʻrtasida suzib borib, roʻparadagi qoʻshnining pastak, loyshuvoq tomiga yupqa va shaffof soya tashladi. N. Aminov, Qahqaha
SUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar