ozg‘in
bilan ulashing
1. Eti qochgan, etdan tushgan; oriq.
-
Ozgʻin mol. Ozgʻin sigir.
-
Nega Zaynab semiz-u, Kumush ozgʻin? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bola ozgʻin yuzchasini tirishtirib choʻzilib borar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Qotma, kamgoʻsht; chuvak, ingichka.
-
Madaminxoʻja esa boshini solintirib, mumdek erib oʻtiradi. Faqat ozgʻin gavdasi ashulaga monand chayqaladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Doʻstlarim, — dedi u, ozgʻin barmoqlarini qaychi qilib oʻynar ekan. H. Gʻulom, Mashʼal
kam qoʻll. Yoʻldan ozgan, toʻgʻri yoʻldan chiqib ketgan; aynigan; buzuq.
-
Gohi mahallar yuragi siqilib, togʻni ham tashlab ketgisi kelar, lekin shunday fikrga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻzini ayblab, darhol bu ozgʻin fikrini oʻzidan quvlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
OZG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЗҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OZG‘IN so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OZG‘IN so‘ziga berilgan ma’nolar
ozg‘in so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ozg‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing