og‘a
bilan ulashing
1. Ayn. aka.
-
Matnazar oʻz ogʻasiga moʻltirab tikilgancha, betoqat hoʻkizning boʻynidagi arqonni tortib turardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Shirin ukang keldi ogʻasin izlab, koʻrar koʻzim, jonim akam, bormisan? Shirin bilan Shakar
2. Tugʻishgan akaday yaqin, qadrdon kishi.
-
Qoʻni-qoʻshni, kichik-katta Ogʻamlarga salom ayting! Hamza
-
[Salimboyvachcha:] Siz yolgʻiz pochcham emas, ham doʻstim, ham ogʻamsiz. Oybek, Tanlangan asarlar
3. tarixiy Yurtning, elning kattasi, hokimi.
-
Meni bilsang — Qoʻngʻirotning ogʻasi. Boshimda bor er yigitning jigʻasi. Alpomish
4. tarixiy Turli lavozim va unvon nomlari tarkibiga kiradi, masalan
-
haram ogʻasi, eshik ogʻasi.
5. Oʻzidan kattalarga nisbatan murojaat shakli.
-
Ogʻa, shu yerni azonlab haydasak boʻlmaydimi? S.Siyoyev, Yorugʻlik
og‘a soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yurt ogʻasi
-
Ochil hovliqib xitob qilardi: — Qoʻying, yurt ogʻasi, men oʻzim surobini toʻgʻrilayman!M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish
-
U oʻzini yurt ogʻasidek erkin, sarbast tutayotgan Teshaboyning mingboshi boʻlib kelganmi-yoʻqligini bilishni uchun, lekin bilolmay tajang boʻlardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
OG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
og‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OG‘A so‘ziga berilgan ma’nolar
og‘a so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar