ozodlik
bilan ulashing
1. Erkinlik, hurlik; hech qanday majburiyat bilan bogʻlanmaganlik.
-
Milliy ozodlik.
-
Baxt ozodlik va farovonlikdir. Gazetadan
-
Chunki ozodlikni hamma ham chapak chalib, xursandchilik bilan kutib olmasligi tabiiy. Gazetadan
-
Ahmad Husaynning butun dili, fikri, eʼtiqodicha, haqiqat ozodlik demakdir. Oybek, Nur qidirib
2. tarixiy Eski maktabda har payshanba kuni domlaga yoki otinbibiga oʻquvchilar tomonidan keltiriladigan haq; payshanbalik (pul, non, don kabi).
-
— Domlagayam ozodlik opkeldingmi? — dedi bola dam dasturxonga, dam tugunga tikilib. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Buvingga borib ayt! Agar ozodlik keltirmasang, yangi saboqqa tushmaysan! — dedi domla. N. Safarov, Sulton boʻzchining nevaralari
ozodlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikka chiqarmoq
Ozodlikka chiqmoq
-
Bahrombekning koʻz oldi qorongʻilashib ketdi. Olti yarim yil! Ozodlikka chiqsam ham, shuncha yil umr koʻrarmikanman? Bu yerda qolsam, qayerlarda xor-zor boʻladi jasadim. Yoshlik
OZODLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЗОДЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ozodlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar