ozod
bilan ulashing
1. Oʻz erki, haq-huquqi oʻz qoʻlida boʻlgan, ozodlikka erishgan; erkin, xur.
-
Ozod oʻlka. Ozod mamlakat. Ozod mehnat.
-
Toza havo, toza suv, Ozod Vatan seniki. Gʻ, Gʻulom
-
Bu ayollar teng huquqli, erkin, ozod, hur bir mamlakatda oʻsmoqdalar. Saodat
2. Qullikdan ozod etilgan, erkinlikka chiqqan, asoratdan qutulgan.
-
Oryol, Belgorod shaharlari dushmandan ozod qilinganda, Moskvada birinchi marta berilgan salyut odatga aylandi. S. Zunnunova, Olov
3. Oʻz holiga, mayliga qoʻyilgan, boʻshatib yuborilgan, hech qanday majburiyat bilan bogʻlanmagan; boʻsh.
-
Eshonning zaharxanda taʼnasini Elmurod yerga tikilganicha, indamay tingladi. Bu gap unga: Sen ozodsan, keta ber! boʻlib eshitildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Majlisga qatnashishdan oʻzlarini ozod hisoblagan kishilar bu majlis va uning belgilangan vaqtidan oldin boshlanganiga ham oʻzlaricha maʼno berishdi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
4. Xoli.
-
Tashvishdan ozod kishilar.
-
Qalamni ham bu gʻidi-bididan ozod qilishni muvofiq koʻrdim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. rvsh.vzf. Erkinlik bilan, bemalol, dast.
-
Yigit bilagimdan ozod koʻtarib, tandirdan sugʻurib oldi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Gʻaybarov, qoʻlida maʼbuda qizni [haykalni] yerdan ozod koʻtardi, mahkam bagʻriga bosdi-da, yuz-u koʻzidan oʻpdi. Yoshlik
6. rvsh. vzf. Tik, tikka, koʻkrakni kerib.
-
Ingichka, uzun oyoqlarini chaqqon bosib, chiroyli boshini ozod koʻtarib kelayotgan qashqa saman birdan paxsa devor tomonga burildi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
7. Qoʻshilmagan, birikmagan holdagi.
-
Ozod kislorod.
8. Ozod (erkaklar ismi).
ozod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ozod turmoq
-
Ustidan alak choponini irgʻitib, ozod turib ketgan yigit tuzoqqa tushgan bedanadek pitirlab qoldi. H. Rasul, Adolat
Ozod qilmoq
-
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi kishilarni bir qator ogʻir yumushlardan maʼlum darajada ozod qiladi. Fan va turmush
Ozod qoʻymoq
-
Nigor oyim hozirgina [oʻquvchi] qizlarini ozod qoʻyib, koʻkrak bolasini bagʻriga olgan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
OZOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЗОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ozod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar