suzgich
bilan ulashing
Suyuqliklarni turli xil mexanik aralashmalardan tozalovchi asbob, moslama; filtr.
-
Sutni suzgichdan oʻtkazmoq.
-
Yantoqdan tayyorlangan damlama suzgichdan oʻtkazib olinadi va vannada choʻmilganda ishlatiladi. Fan va turmush
1. Suv yuzida va umuman suyuqlik betida suzuvchi, turli maqsadlar uchun belgilangan yengil narsa, detal; qalqovich.
-
Qarmoq suzgichi. Karbyurator suzgichi. Suv yoʻlini koʻrsatuvchi suzgichlar.
2. Baliq va boshqalar suv hayvonlarining suvda suzish (harakat qilish) aʼzosi.
-
Baliqning quyruq suzgichi.
Suv betida juda tez suzib yuradigan qoʻngʻizsimon hasharot, suv qoʻngʻizi.
-
Suv nihoyatda sof; oftob nurida jivir-jivir tovlanuvchi mayda shagʻal yuzida kichkina baliqlar sayr qiladi, gʻir-gʻir suzgichlar aylanadi. H. Ahmar, Kim haq?
SUZGICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЗГИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suzgich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing