jiddiylash
bilan ulashing
1. Jiddiy tus olmoq; keskinlashmoq.
-
Kurash jiddiylashdi.
2. Ogʻirlashmoq, yomonlashmoq.
-
Kasalning ahvoli jiddiylashdi.
3. Jiddiy koʻrinish olmoq, oʻychan holatga kirmoq, oʻzini jiddiy qilib koʻrsatmoq.
-
Fazliddin yirik tishlarini koʻrsatib, xoxoladi. Keyin jiddiylashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Saodatxonning yuzi jiddiylashdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
— Gaplaringiz afsonaga oʻxshaydi, — sal jiddiylashdi yigit. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
4. Murakkablashmoq, chigallashmoq.
-
Ahvol jiddiylashdi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Iroqdagi vaziyat jiddiylashmoqda. Gazetadan
JIDDIYLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИДДИЙЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jiddiylash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar