jingirtob
bilan ulashing
Jazirama oftobda yoki oʻtda obdan qizigan, qaqragan, qayishgan, qovjiragan
-
Nusratbek oʻq ariq yoqasidagi gulxayrilarga tikilib qaradi. Yaproqlari jingirtob, tugmasimon gullari ilma-teshik. S. Nurov, Narvon
Birdan koʻtariladigan, oʻta nishab, tik.
-
Oʻktam rang-barang mayda toshlar bilan toʻla soylikdan jingirtob tepaga koʻtarildi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
Bir-biriga kirishib, ajratish qiyin, chigal holga kelgan, jingalak holatli.
-
Koʻchalar gʻisht, tuproq, temir-tersak, koʻmirlangan yogʻoch, jingirtob simlar bilan toʻla edi. Oybek, Quyosh qoraymas
jingirtob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jingirtob qilmoq
-
Ayriliq azobi Haqqul otani jingirtob qilib, shu kecha uxlamasdan figʻon chekib chiqdi. H. Nazir, Suv gadosi — oqpadar
JINGIRTOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИНГИРТОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jingirtob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar