jiddiy
bilan ulashing
1. Puxta oʻylab, chuqur mulohazalarga suyanib ish koʻradigan; mulohazali.
-
Jiddiy yigit. Jiddiy olim.
-
Anvar yosh boʻlsa ham, jiddiy, kichkina miyasi muhokamaga qobil edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Muhim ahamiyatga ega boʻlgan, muhim.
-
Oqsoqol qaramadi ham, indamadi ham. Goʻyo jiddiy bir narsani oʻylayotgandek, koʻzlarini suzib, choy hoʻpladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
-Romanlar bizda yoʻq, — dona-dona gapirdi Mustafo Sodiq, — jiddiy va ijtimoiy ahamiyati zoʻr boʻlgan qissalar ham yoʻq. Oybek, Nur qidirib
-
Ishyoqmaslarga qarshi kurash ichki ishlar organlari oldida turgan jiddiy vazifalardandir. Gazetadan
3. Oʻy-fikrga choʻmgan, oʻychan, salobatli, sipo, vazmin (kishi qiyofasi, tashqi koʻrinishi haqida).
-
Vagonda hamma jiddiy, kamsuxan. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
-Hozir hosil oʻchun kurashning avji vaqti,— dedi Oʻktam jiddiy tus bilan. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Saidiyning jilmayib tolmagan basharasi birdan jiddiy tus oldi. A. Qahhor, Sarob
4. Chin, rost, behazil; tayinli.
-
Jiddiy vaʼda.
-
Lekin Muborakning gaplarini jiddiyga yoʻymadi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Bunday achchiq pichingga javob qaytarish yoʻlini topolmagan Hasan borib uning roʻparasida oʻtirib: — Kel boʻlmasa, jiddiy soʻzlashaylik,— dedi. S. Ayniy, Qullar
-
Sherbek kuldi: Siz oʻrgating. Yoʻq, Nigora, men jiddiy gapiryapman. S. Anorboyev, Oqsoy
5. Yomon oqibatlarga olib borishi mumkin boʻlgan; yomon, xavfli.
-
Jiddiy kasallik.
-
Xurramovning yelka yarasi jiddiy edi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Pilla qurtining kushandasi koʻp, hushyor turilmasa, qurt-qumursqalar, qushlar, tovuqlar jiddiy zarar yetkazib qoʻyishi mumkin. Gazetadan
6. Oʻylanganidan murakkab, keskin, ogʻir.
-
Sen, ogʻayni, tushunmaysan, bular orasidagi gap ancha jiddiy. S. Karomatov, Oltin qum
7. Astoydil, jon-jahd bilan, rostakamiga.
-
Xat-savod chiqarishga jiddiy berildim. N. Safarov, Olovli izlar
-
Vakillaringiz sanʼat bayramiga jiddiy tayyorgarlik bilan keldilar. Gazetadan
-
Hamidullayevning oʻzi ham sholikorlik bilan endi jiddiy shugʻullanyapti. Oʻzbekiston qoʻriqlari
8. Yetarli asosga ega boʻlgan, asosli; muhim.
-
Haqiqatan ham uning sheʼr yozishiga jiddiy sabab bor edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Raxim Boltayev nima uchun jiddiy talablar qoʻyilishini izohlab berdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
9. Alohida, masʼuliyat bilan.
-
Yosh talantlarni tanlash va ularni tarbiyalash ishiga jiddiy eʼtibor bermogʻimiz kerak. N. Safarov, Olovli izlar
JIDDIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИДДИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jiddiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar