vallamat
bilan ulashing
1. s.t. ayn. 1 valineʼmat 1.
-
Yorim Ahmad, azamatim boʻlmasa, Holim soʻrar vallamatim boʻlmasa. Oysuluv
2. Elning kattasi; boshliq, amaldor.
-
Yurtning vallamatini chaqir. Oybek, Navoiy
-
Otajon, sendirsan yurtning egasi, Qaddingdan, vallamat, senga yoʻl boʻlsin. Ravshan
3. El xizmatida boʻlgan; saxiy (shaxs haqida).
-
— Rahmatli vallamat odam edilar, — taassuf bilan gapirardi kimdir, — mahalla tashvishi, mahalla dardi bilan yashardilar Yoshlik
-
Sher-ku borlikka bor, ammo mushtumbop emas, paxtamiz, oq oltin yetish-tirayotgan vallamat paxtakorlarimiz xususida edi. Mushtum
4. koʻchma Mard kishi; mard.
-
Ana, bek Goʻroʻgʻli jomni koʻtardi, Olib ichadigan vallamat bormi? Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
5. (3-shaxs qoʻshimchasi bilan — vallamati). Man-man degani, har qandayi.
-
Vallamati ham dunyoga ikki marta kelmaydi-ku, hammaga ham jon shirin. X. Sultonov, Onamning yurti
-
Bugun-erta menga suv tegadigan. Ma, mendan boshqa vallamati aytsayam, berma! S. Siyoyev, Yorugʻlik
VALLAMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЛЛАМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vallamat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar