qarsak
bilan ulashing
aynan Chapak.
-
Qarsak chalmoq. Qarsak urmoq. Davomli gulduros qarsaklar.
-
Olomonning qarsagi ostida Narzi togʻa dasturxon koʻtarib, vagonga chiqib bordi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Zalni gurr qarsak bosdi, hamma oʻrnidan turdi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
qarsak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qarsak ikki qoʻldan chiqadi
-
Xalq qarab turmasa, men ham qarab turmayman. Qarsak, albatta, ikki soʻldan chiqadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Qarsak chalmoq (yoki urmoq)
-
Hamon Ota pismiq qoʻshiq aytib oʻynar, bolalar qarsak chalib kulishardi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Yigʻilganlar bir necha daqiqa, sahnadagi narsalarga mahliyo boʻlib solganday, jimgina oʻtirdilar, nogahon qarsak urib yubordilar. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Bu qarorni maʼqullab majlis, Tikka turib qarsak chaladi. E. Rahim.
QARSAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРСАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarsak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar