qarz
bilan ulashing
1. Maʼlum muddat oʻtgandan keyin qaytarish sharti bilan berilgan yoki olingan narsa (pul, buyum, gʻalla va shu kabilar).
-
Qarz(ga) olmoq. Qarz koʻtarmoq. Qarz(ga) bermoq. Qarzni toʻlamoq.
-
Qarzdan qutulmoq. Men sizdan yuz soʻm qarzman.
-
Afandining bir baqqoldan ellik uch tanga qarzi bor edi. Latifalar
2. Ishlatganlik, foydalanganlik uchun toʻlanadigan narsa (asosan pul).
-
Toʻlov qarzlari. Soliq qarzlari.
3. koʻchma Kimsaning zimmasidagi vazifa, majburiyat, burch.
-
Yoshning hurmati — qarz, Qarining hurmati — farz. Maqol.
-
Oʻgʻil onasidan qarzin uzganday, Togʻ ham oqlayotir ona sutini. Guldasta
-
Adabiyot va sanʼat arboblarining talabchan kitobxonlar va tomoshabinlar oldida hali qarzi koʻp. Gazetadan
4. koʻchma Ado etilishi, bajarilishi shart boʻlgan ish, vazifa.
-
rektorat ham uning ikkita imtihondan qarzi borligini hisobga olib, bu qarorni tasdiqlagandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Sen humparni qancha soʻksam, yana boʻynimda qarz qoladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
qarz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qarzga botmoq
-
Kechagina kimsan — Shomurod boyvachchaning oʻgʻliman, deb kerilib yurgan Normurod qulogʻigacha qarzga botib, kafangado bir yigitga aylandi-qoldi. O. Yoqubov, Diyonat
Qarzi qiyomat, qiyomat qarzi yoki qiyomati qarz
Qarzi hasana
Ham farz, ham qarz
-
Hazili yoʻq. Uylanish sizga ham farz, ham qarz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
QARZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar