dast
bilan ulashing
1. kam qo‘llanadigan, aynan Qoʻl 1.
-
Men Isfandiyor boʻlsam, dagʻdagʻali xat bitgan siyosatdonni topib, aning dasti panjasin kesib tashlayman. S. Siyoyev, Avaz
-
Olmos yarashgandir mardning dastiga. Malikayi ayyor
2. Shartta, tez; birdan.
-
U dast oʻrnidan turib, ayvonga chiqib ketdi. Yosh kuch
-
Xotini sut sogʻayotgan paqirni taq etkizib yerga qoʻydi-da, dast oʻrnidan turdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Ulugʻbek bu kitobni ustozning qoʻlidan dast yulib oldi va koʻzlariga surtdi. B. Ahmedov, Ulugʻbek
dast soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dasti baland ayn. qoʻli baland
Dasti uzun ayn. qoʻli uzun
-
Dasti uzun aning, ako. M. M Doʻst, Lolazor
Dast koʻtarmoq
-
Oʻgʻlini koʻrib, uni dast koʻtarib, bagʻriga bosdi. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar
-
Anzirat boltani dast koʻtardi-yu, Xoljonga qarab yugurdi. Yoshlik
Dastidan
-
Rost, akasi uning dastidan qamaldi. Yoshlik
-
U
-
kun chetda oh chekardim Gʻussalarning dastidan. A. Oripov, Yillar armoni
-
Bu bolaning dastidan uyda na tesha qoldi, na qaychi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar;
-
— Dod, bu rashkchi erning dastidan. S. Ahmad, Yulduz
-
Qoʻlga tushsa, ular bilar, Dastidan suluvlar yigʻlar. Erali va Sherali
-
Soʻqir, yovuz oʻlim, ming dod dastingdan A. Oripov, Yillar armoni
DAST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dast so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar