taka
bilan ulashing
1. Echkining erkagi; sogʻlom nasl olish uchun tanlab olinadigan zotli erkak echki.
-
Togʻ takasi tek tursa, och qoladi. Maqol
-
Kenja asta qoʻylar orasidan borib, qora takaning oyogʻidan mahkam ushladi. N. Fozilov, Diydor
2. Turkman qabilalaridan birining nomi.
-
Taka turkman.
-
Koʻchada yurgan kimsa borki, oʻqqa uchdi, taka yovmit qilichiga yoʻliqdi. S. Siyoyev, Avaz
taka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taka boʻlsin, suti boʻlsin
-
Muntazirman har qanday buyrugʻiga yer oʻpib, Taka boʻlsa, suti boʻlsin, iydirib yumshataman. Mushtum
Taka soqol(li)
-
[Boʻri polvon] Keng ham doʻng peshonasini choʻziq jagʻi, taka soqolini siladi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
-
— Yaxshi uxladingmi? — deb soʻradi taka soqolli nonushtadan soʻng. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Bangladesh Xalq Respublikasining pul birligi.
TAKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar