takalluf
bilan ulashing
Hurmat-ehtirom va eʼzoz-ikrom bilan qilingan muomala, mulozamat.
-
Takalluf bilan qarshi olmoq.
-
Men sizning koʻrpachangizda koʻp oʻltirganman, endi menga ortiqcha takallufingizning hojati yoʻq. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qiz ortiq takalluf kutib turolmadi, toʻgʻri eshikni ochib, ichkariga kirdi, oʻzini Poʻlatjonga qarab otdi. Oydin, Asl yor
takalluf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Takalluf qilmoq (yoki koʻrsatmoq)
-
Nusratbek yangi hamrohiga ibrat boʻlar degan maqsadda juvonga takalluf qildi: — Choy damlab kelaymi, chanqagandirsiz? S. Nurov, Narvon
-
Xola mehmonlarga takalluf koʻrsatib, orasida Mirobidni ham chaqib olardi. V. Gʻofurov, Vafodor
TAKALLUF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАКАЛЛУФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
takalluf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar