so‘lqildoq
bilan ulashing
1. Loʻmbillagan, semiz, doʻmboq, loʻppi, soʻlqillagan.
-
Soʻlqildoq bola.
-
Xumor kelinning katta qora koʻzlari ham, ter, sut hidi anqiyotgan soʻlqildoq tani ham, iliq nafasi ham Boʻrixonga yoqadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Endigina yetilgan, surx.
-
Soʻlqildoq novda.
-
[Mirgʻiyos:] Koʻk qurt! Yomon ofat. Yo oʻzaning zavoli. Tezda tuxumini quritish kerak. Roʻzaning ayni soʻlqildoq payti, kemiradi ochofat.ʼ R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
so‘lqildoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soʻlqildoq yer
Soʻlqildoq non
-
Non, garchand arpa qoʻshilgan boʻlsa ham, shunday issiq, soʻlqildoq, oʻzi-yam shunday qizarib pishganki, koʻrgandayoq tashlanadi kishi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
SO‘LQILDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎЛҚИЛДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘lqildoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar