so‘ppay
bilan ulashing
1. Yolgʻiz qoʻqqayib turmoq; xunukdan-xunuk boʻlib qoʻqqayib qolmoq.
-
Ayol kiyim-kechaklar betartib sochilgan xona oʻrtasida gangigandek soʻppayib turardi. Yoshlik. Xotin mendan biror oʻn yosh kichik, koʻrinishi ham shunga yarasha, lekin oʻzimizning boʻlarimiz boʻlgan burun soʻppayib chiqqan, lunjlar osilgan, boʻyin qiltiriq tortgan. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Nima qilsin, bir oʻzi hovlida soʻppayib tura olmaydi-ku. Yoshlik
2. Kimsasiz, yolgʻiz boʻlmoq.
-
Chol-kampir soʻppayib qoldik. Uy jimjit bir-birimizga moʻltayib qarab oʻtiramiz. V. Gʻofurov, Vafodor
-
Hamma dalada, ishda, bir oʻzim mahallada soʻppayib yurgim kelmadi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Dunyoga odam soʻppayib kelib, soʻppayib ketadigan boʻlsa, unday odamning kelganidan kelmagani. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Hech narsasiz, quruqsan-quruq.
-
Togʻani [togʻaning suratini] ayniqsa besh ketadigan qilib chizibdi. Xoʻp vaqtida buyurgan ekanmi. Boʻlmasa quruqdan-quruq, soʻppayib kirib borishardi. M. Mansurov, Yombi
SO‘PPAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎППАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘ppay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar