smena
bilan ulashing
1. Oʻrin almashinib ishlovchi, oʻquvchi, dam oluvchi va shu kabi kishilar guruhining boshqa kishilar guruhi bilan almashinuviga qadar davom etadigan vaqt boʻlagi.
-
Ikki smenada ishlash. Birinchi smenada oʻqish.
-
Ertasi ikkinchi smenadan qaytishda Nabigul Qodir bilan birga ketdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Qudrat bu bola bilan kechagina yaqindan tanishdi. Ularning ikkisi bir maktabdan boʻlsa ham, smenalari boshqa, qishloqlari ham boshqa edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Shu vaqt davomida birga ishlovchi, oʻquvchi, dam oluvchi va shu kabilar kishilar guruhi.
-
Yangi smena ishga chiqdi. Smena ishdan qaytdi.
-
Smena masteri uni birinchi marta yer ostiga olib tushganida, Inomjonning boʻladigani boʻlgan edi. S. Ahmad, Moʻtti
SMENA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СМЕНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
smena so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar