so‘niq
bilan ulashing
1. Oʻchgan, soʻngan, oʻchirilgan, oʻchiq.
-
Soʻniq pech.
2. Xira, nursiz.
-
Soʻniq yulduzlar.
-
Soʻniq koʻzlari moʻltirab turgan, har bir buyruqni soʻzsiz bajaruvchi yigit, qadam tashlashidan yosh juvonga oʻxshagan juldur paranjili ayolni saroy tomon boshladi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
3. koʻchma Siniqqan, soʻlgʻin.
-
Soʻniq chehra.
-
Hafiza noumid uyga keldi. U soʻniq, kayfi past edi. Mirmuhsin, Umid
-
Balki qarshingizga kelgandir munis Beva kelinchakning soʻniq ruxsori. A. Oripov, Yillar armoni
4. Harorati, qoʻri ketgan; soʻngan.
-
Qalbi soʻniq kishilar.
5. koʻchma Boʻgʻiq, hazin.
-
Soʻniq tovush.
-
— Hech qanday aybim yoʻq, hech narsa bilmayman, ogʻa, — dedi soʻniq ovoz bilan Abdusalomxoʻja. J. Sharipov, Xorazm
so‘niq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ruhi soʻniq yoki soʻniq ruh
-
Ruhi soʻniq kishidan putur ketar ishidan. Maqol
-
Paygʻamov xotinining soʻniq ruhi, sovuq qarashlarini Nusratbek sezganidan pinhona iztirob chekdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
SO‘NIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎНИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘niq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar