dori
bilan ulashing
1. sheva 1 Biror tomon qadam bosmoq, yaqinlab kelmoq, oralamoq.
-
Qadam bosmadi inson, Dorimadi hech hayvon. H. Olimjon
-
Siz bor — bizga xavf-xatar dorirmidi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
-
Birovga boshda, birovga oyoqda baxt doriydi deydilar. Tohir va Zuhra
2. Namoyon boʻlmoq, koʻrinmoq; yugurmoq, yoyilmoq.
-
Nasriddinning yuziga tabassum doridi. 3. Aʼlam, Afandining qirq bir pashshasi
-
Cholning yuziga quvonch doridi. Sharq yulduzi
3. Yopirilib kelmoq, bosmoq.
-
Oʻn azamat, Xoldorxon, Och boʻriday doridi, Dushmanlarning qonini Boʻz tuproqqa qoridi. Xushkeldi
-
Yoqib yuborishsa-ku, oynaday boʻladi, pashsha, chivinlar dorimaydi! S. Nurov, Narvon
4. koʻchma Taʼsir qilmoq, sehrlamoq; singimoq, tarqalmoq.
-
Shoir deb shuni ayting, soʻzi xalqiga dorisa. Oq olma, qizil olma
-
Romchiga qaratishsa, dev doribdi degan emish. Mushtum
5. koʻchma Yoʻl olmoq, joʻnamoq.
-
Qizim, men ham qaridim, Goʻrga tomon doridim. H. Olimjon
-
Otam qirqda yuk koʻtargan nor edi, Yetmishida goʻristonga doridi. Boʻtakoʻz
6. koʻchma Teng kelmoq, bas kelmoq.
-
Elatida belgili qaysar edi, Dah deganda qirq mingiga dorirdi. Alpomish
DORI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dori so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar